Dunyodagi har uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch kelmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Har uchinchi ayol dunyo bo‘ylab u yo bu shaklda jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka to‘qnash kelmoqda. 750 million qiz 18 yoshga to‘lguncha turmushga chiqmoqda. 250 milliondan ortiq qiz jinsiy organlarda majruh qiluvchi operatsiyalarga majburlanmoqda”, — dedi xalqaro tashkilot bosh kotibi.
Guterrishga ko‘ra, jinsiy zo‘ravonliklar ayniqsa qurolli mojarolar hududida keng tarqalgan.
Izoh (0)