Misrda, Sinay yarim orolining shimolida uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 184 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muqaddam 155 qurbon haqida xabar qilingan edi.
Bundan tashqari, 120 kishi yaralangan.
Terakt al-Arish shahridagi masjidlardan birida juma namozi chog‘ida amalga oshirildi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)