Las-Vegasda otishma uyushtirgan Stiven Pеddok festival ishtirokchilariga qarata 1,1 ming marotaba o‘q uzdi. Bu haqda sherif Jo Lombardo ma’lum qildi, deya xabar berdi “Gazeta.ru”.
Sherifga ko‘ra, tergovchilar hozircha Pеddok nega otishmani to‘xtatganiga aniqlik kiritmadi. Uning xonasidan yana 4 mingga yaqin patron topilgandi.
Lombardo mergan foydalangan qurollar sonini aniq aytishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, otishma shu yil 2-oktabrida ro‘y berdi. Buning oqibatida 58 kishi halok bo‘ldi, 500 dan ortiq odam yaralandi.
Izoh (0)