Hindistonda 24-noyabr, juma kuni poyezdning 13 vagoni izdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ekspress Chitrakut okrugidagi (Uttar-Pradesh shtati) Manikpur bekatida mahalliy vaqt bilan soat 04:14 atrofida izdan chiqdi.Poyezd Goadan Patna shahriga yo‘l olgandi. Halokatdan so‘ng Patna—Ollohobod yo‘nalishida poyezdlar harakatlanishi to‘xtatildi.
Izoh (0)