Zimbabvening Timsoh laqabli sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Tadbir Zimbabve poytaxti Xararedagi stadionda bo‘lib o‘tgan. Sobiq prezident Robert Mugabe “charchagani sababli” marosimda qatnashmagan.
Mnangagva qasamyod marosimi arafasida Mugabe bilan uchrashdi. U Zimbabve hududida Mugabe va uning oilasi xavfsizligi ta’minlanishiga kafolat berdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Izoh (0)