O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 9-noyabr kuni “T.I.Jo‘rayevni Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida” farmon imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, Turobjon Ikromovich Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin”, — deyiladi farmonda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyunida Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.
Izoh (0)