Pokiston politsiyasining uch xodimi Kvettadagi portlash qurboni bo‘ldi. Ular orasida shahar bosh inspektori o‘rinbosari bor, deb xabar beradi “Interfaks”.
Aytitilishicha, portlash politsiya mashinasi tumanda aylanib yurganida ro‘y bergan.
Portlash oqibatida, shuningdek, bir necha kishi jarohat oldi. Ayni paytda politsiya hujumda xudkush terrorchi ishtirok etgan-etmaganini aniqlashtirmoqda.
Terakt uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)