Meksika tashqi ishlar vazirligi meksikalik Ruben Kardenas Ramiresning Texas shtatida qatl etilishi munosabati bilan AQSh rasmiylariga norozilik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Meksika hukumatining konsullik himoyasi bo‘yicha bosh direktori Jaykob Gonsalesga ko‘ra, Ramiresning qatli BMT Xalqaro sudi rezolyutsiyalariga zid ravishda amalga oshirildi.
Ramires 1997-yili Texas janubida jiyanini zo‘rlagani va o‘ldirgani uchun oliy jazoga hukm qilingandi.
Izoh (0)