AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Chikago sudida sud maslahatchisi bo‘lmaydi, deya xabar bermoqda CNN.
Oktabr oxirida Obama o‘zi ilgari yashagan Chikagoda sud ishlaridan birida sud maslahatchisi bo‘lib qatnashish uchun saralashdan o‘tishga chaqirilgan edi.
8-noyabr kuni sobiq davlat rahbari ko‘p sonli qo‘riqchilari davrasida sud binosiga keldi. Uning tashrifi u yerdagi ommada katta qiziqish uyg‘otdi. Odamlar Obama bilan suratga tushdi, undan dastxat so‘radi.
Ammo tez orada okrug katta sudyasi Kuk Timoti Evans jurnalistlarga Obama sud maslahatchisi vazifasini bajarishdan ozod etilganini ma’lum qildi. Sabablarni u keltirmadi.
Amerika qonunlariga muvofiq, maslahatchilar sudi a’zolari saylovchilar ro‘yxatidan tasodifan tanlab olinadi. Saralashga kelish haqida chaqiriq qog‘ozi olganlar sud binosiga kelib, qator savollarga javob berishi kerak, shundan so‘ng nomzod sud maslahatchisi roliga to‘g‘ri kelish-kelmasligi aniqlanadi.
Izoh (0)