AQSh prezidenti Donald Tramp Pekindagi uchrashuvi chog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpinga Shimoliy Koreya muammosini hal etish mumkinligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xitoy yetakchisi, o‘z navbatida, Pekin va Vashington munosabatlari “butun dunyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotga tegishli” ekanligini bildirdi.
“Xitoy va AQSh uchun o‘zaro tig‘iz munosabatlar — kooperatsiya yagona to‘g‘ri tanlov bo‘lib qolmoqda”, — dedi Si Szinpin.
Si Szinpin Tramp bilan Afg‘oniston va Koreya yarim oroli bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish, shuningdek, “ikki davlat aloqalarini rivojlantirishga turtki berish”ga kelishib olganini ma’lum qildi.
Izoh (0)