Jeti-Oguz —Qorako‘l trassasining 12-kilometrida ikki yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.
YTH 7-noyabr, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 19:30 da ro‘y berdi.
Mazda va Mercedes-Benz 230 avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida 4 yo‘lovchi halok bo‘ldi.
YTH qurbonlari jasadi viloyat kasalxonasiga yetkazildi.
Izoh (0)