Gruziya sobiq prezidenti va Odessa sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina hududida qonuniy asosda bo‘lib turishiga imkon beruvchi hujjatni oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Nihoyat migratsiya xizmatidan Ukraina hududida qonuniy ravishda bo‘lib turganimni tasdiqlovchi hujjatni oldim”, — deya yozuv qoldirdi Saakashvili Facebook’dagi sahifasida.
U endi sud orqali Ukraina fuqaroligini tiklash niyatida ekanligini bildirdi.
Izoh (0)