Nyu-York meri Bill De Blazio ikkinchi muddatga — 2022-yilgacha qayta saylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ovoz berish yakunlari bo‘yicha Demokratlar partiyasidan nomzod 60 foiz ovoz to‘pladi.
Nyu-York merini samarasiz faoliyati uchun tanqid qilgan Respublikachilar partiyasi vakili Nikol Malliotakis saylovoldi kampaniyasi davomida undan ortda qoldi.
De Blazio 1985-yildan beri ikkinchi muddatga saylanishga muvaffaq bo‘lgan ilk demokrat bo‘ldi.
Izoh (0)