Kubaning Olgin provinsiyasidagi plyajlardan birida cho‘milayotgan 22 yoshli yigitga akula hujum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 4-noyabr, shanba kuni kechki payt Guardalavaka plyajida ro‘y berdi. Yirtqich do‘stlari bilan qirg‘oqdan 3 metr narida cho‘milayotgan yigitni oyog‘idan tishladi.
U zudlik bilan kasalxonaga yetkazildi, biroq shifokorlar hayotini saqlab qololmadi. Yigit bir necha daqiqadan so‘ng ko‘p qon yo‘qotish oqibatida olamdan o‘tdi, akula uning son arteriyasiga zarar yetkazgandi.
Kuba matbuotiga ko‘ra, akulaning insonga hujum qilishi mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar orasida ommalashgan Guardalavaka plyajida ilk bor qayd etildi.
Izoh (0)