Qozog‘istonda aholining qarishi kuzatilmoqda. 2015—2016-yillarda mamlakatda 100 nafar bolaga salkam 26 nafar 65 yoshdan katta fuqaro to‘g‘ri keldi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar berdi.
Qozog‘iston aholisining asta-sekin qarishi mamlakatda tug‘ilish darajasining pasayishi fonida sodir bo‘lmoqda. Jumladan, 2016-yilda 16 mintaqadan atigi 5 tasida har 1000 kishiga tug‘ilish koeffitsiyentining ko‘payishi qayd etildi.
Eng yuqori ko‘rsatkichlar Shimoliy Qozog‘iston shaharlarida kuzatilmoqda: ularda qarish indeksi 100 bolaga 62,2 ni tashkil etdi.
Eng past ko‘rsatkich Atirau viloyatida, bu yerda 15 yoshgacha bo‘lgan 100 bolaga 65 yoshdan katta 14 kishi to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)