Moskva shimoli-sharqida olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in bino ichida kabob tayyorlashga urinish oqibatida kelib chiqqan. Bu haqda, huquq-tartibot organlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
6-noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘in 12 kvadrat metri maydonni qamrab olgan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyidan olti kishining jasadini topgan. Yana bir kishi tanasining 30 foizi kuygani holda shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki xabarlarda halok bo‘lgan olti shaxsning bari O‘rta Osiyo mamlakatlaridani ekani aytilgan edi. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ikki nafari moskvalik, biri Belarus fuqarosi ekani aytilmoqda.
Qolgan uch kishi Rossiyaning boshqa hududlari va MDH mamlakatlaridan ekani aytilmoqda, biroq aynan qayerdan ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)