Tataristonning Yuqori Uslonsk tumanida “Bell-407” vertolyotining qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
“Tataristonning Yuqori Uslonsk tumanida Moskva vaqti bilan soat 8:09 da vertolyot halokatga uchragani haqida xabar kelib tushdi. Halokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Halokat yuz bergan joyda qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy markazidan xabar berishlaricha, qulagan vertolyot “AK Bars Aero” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Vertolyot Qozondan “Sviyajsk tepaliklari” (Svyajiskie xolmi) kurortiga dam oluvchilarni olib kelish uchun uchayotgan edi. Halok bo‘lgan shaxs vertolyot uchuvchisi edi.
Izoh (0)