Buxoro viloyatidagi 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulandi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
“UzMеdInfo” elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tizimga Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro shahridagi 10 ta oilaviy poliklinika ulangan.
“Elektron poliklinika” tizimiga ulangan barcha poliklinikalar zamonaviy axborot texnologiyalari, texnik uskunalar bilan ta’minlandi. Poliklinika qabulxonasi va shifokorlar xonasiga yangi kompyuterlar yetkazib berildi.
Ayni vaqtda ushbu tajribani O‘zbekistondagi barcha oilaviy poliklinikalarga tatbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)