Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi tog‘li zonalarning maishiy axlat bilan ifloslanganligi masalasini yana ko‘tarib chiqdi. Axlatni dam oluvchilar, yaqin oradagi dala hovlida yashovchilar tabiiy zonalarga tashlamoqda.
Guruh a’zolari o‘zlari guvoh bo‘lgan achinarli manzaralar suratlari bilan bo‘lishdi. Ulardan birida Chorvoq suv ombori ortidagi tog‘larda to‘planib qolgan chiqindilarni, boshqasida Beldersoy va Chimyon o‘rtasidagi asosiy yo‘ldan 200 metr narida yuzaga kelgan axlattepani ko‘rish mumkin.
“Katta jarimalar tizimini joriy qilish va qoidabuzarlarni aniqlash vaqti keldi”, — degan xulosaga keldi guruh foydalanuvchilari.
Izoh (0)