O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilishda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 10-uchrashuvida qatnashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy idorasi delegatsiyalari Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Narkotiklar, yangi psixoaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish, noqonuniy moliyaviy oqimlar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralari ko‘rib chiqildi. Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazining barqaror faoliyatiga asosiy e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra deklaratsiya qabul qilindi.
Izoh (0)