AQSh 30-oktabr kuni Global Thunder strategik yadro kuchlari o‘quv mashg‘ulotlarini boshlaydi, deb yozadi “Gazeta.ru” AQSh Strategik qo‘mondonligi (STRATCOM) press-reliziga tayanib.
STRATCOM vakili Brayan Maguir “RIA Novosti”ga ma’lum qilishicha, Amerika tomoni Rossiyani oldindan ogohlantirib qo‘ygan.
“CHB-3 shartnomasiga ko‘ra, AQSh va Rossiya bir-birini yirik yadroviy mashg‘ulotlar haqida xabardor qilishi kerak, shu tufayli, Rossiya ushbu o‘quv mashqlari haqida oldindan xabardor qilindi”, — dedi Maguir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mashg‘ulotlar doirasida kosmik kuchlar, kuzatuv va razvedka tizimlari, global zarba tizimlari va raketaga qarshi mudofaa vositalari imkoniyatlari, shuningdek, kiberimkoniyatlar sinab ko‘riladi.
Izoh (0)