2035-yilga kelib, Xitoyda 60 yoshdan katta kishilar soni 400 milliondan oshadi, deb yozadi “TASS” Xitoy jamoatchilik xavfsizligi uyushmasiga tayanib.
“Mamlakatimiz ‘qariyotgan jamiyat’li mamlakatlar toifasiga 2000-yilda kirgan edi, shundan keyin Xitoydagi keksa aholi har yili 10 million kishiga ko‘payishni boshladi”, — dedi tashkilot rahbari Chjen Gunchen.
Uning eslatishicha, Xitoyda ayni paytda 240 million qariya yashaydi. Ushbu ijtimoiy qatlam tobora ko‘p sonli bo‘lib bormoqda, bu esa davlat budjeti, sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minotga yuklamani ko‘paytirmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mehnatga layoqatli bo‘lgan (15—64 yoshli) xitoyliklar soni taxminan 1 milliard kishini tashkil etadi. 2030-yilga kelib, ularning soni 958 million, 2050-yilga kelib esa — 827 million kishigacha kamayadi.
Izoh (0)