Germaniyaga 29-oktabr, yakshanbaga o‘tar kechasi shiddatli “Gervart” dovuli yopirildi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Dovul oqibatida Bradenburg va Berlinda daraxtlar qulagani hamda asosiy avtobanlarni to‘sib qo‘ygani bildirilmoqda.
Nemis temir yo‘li Germaniyaning ko‘plab hududlarida poyezdlar harakati to‘xtaganini ma’lum qildi.
Gamburg va Berlinda o‘t o‘chiruvchilar otryadlari favqulodda holat e’lon qildi.
Izoh (0)