Tehron o‘z mudofaasi uchun raketalar qurishda davom etadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy parlamentdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz raketalar qurdik, qurmoqdamiz va qurishda davom etamiz. Bu hech qanday xalqaro kelishuvlarni buzmaydi”, — ta’kidladi Ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchi Eron yadroviy qurol ishlab chiqarmasligi, sotib olmasligi va bunga harakat ham qilmasligini bildirgandi.
Izoh (0)