Nepal markazida avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi tan jarohatini oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 28-oktabr, shanba kuni yuz berdi. Avtobus mamlakat sharqidagi Rajbiraj shahridan Nepal poytaxti Katmandu shahriga yo‘l olgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokat xavfli burilishda haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida sodir bo‘lgan.
Guvohlarning ta’kidlashicha, halokat yuz bergan paytda avtobusda 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)