Liviyalik harbiylar mamlakat sharqida joylashgan Bengazi shahridan 70 kilometr narida 37 nafar odamning jasadini topdi. Bu haqda Reuters agentligi Liviya milliy armiyasidagi manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Ushbu odamlarning shaxsi va ularning o‘limiga nima sabab bo‘lgani oshkor etilmadi. Agentlikning ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda ham shahar va uning atrofidan o‘ldirib ketilgan kishilarning jasadi topilgan.
Ayni vaqtda mamlakatda bir vaqtning o‘zida ikki yirik siyosiy kuch mavjud — mamlakat sharqidagi Tobruk shahrida xalq tomonidan saylangan parlament, g‘arbda, poytaxt Tripolida esa BMT va Yevropa ko‘magida mamlakatni boshqarayotgan Fayoz Saraj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati.
Liviyada davom etayotgan tartibsizlikar fonida “Al-Qoida” va IShID terrorchilik tashkiloti safida bo‘lgan sobiq isyonchilardan iborat o‘nlab guruhlar faoliyat ko‘rsatishni davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)