Ispaniya bosh vazirining o‘rinbosari Soraya Sayens de Santamariya lavozimidan chetlatilgan Karles Puchdemon o‘rniga Kataloniya hukumatining (jeneralitet) vaqtincha rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ispaniya hukumati rasmiy nashriga ko‘ra, Santamariyaga jeneralitet rahbari va o‘rinbosarining ko‘plab vakolatlari topshirildi.
U mintaqa parlamenti saylanib, yangi hukumat tayinlangunga qadar Kataloniya rahbari vazifasini bajarishi bildirilmoqda.
Izoh (0)