AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis 27-oktabr, juma kuni KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi nomilitar zonaga keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mettis uning mazkur hududga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi “keskin farq”ni ko‘rsatishini ta’kidladi va Seulni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Bizning maqsadimiz urush emas, balki Koreya yarim orolining to‘liq, nazorat ostidagi va uzil-kesil yadro qurolidan xoli bo‘lishidir”, —dedi Pentagon rahbari.
Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham Osiyoga tashrifi davomida mazkur zonaga tashrif buyurish istagini bildirgandi.
Izoh (0)