China Eastern Airlines aviakompaniyasining styuardessasi Shenchjen aeroportida samolyotdan tushib qoldi. Bu haqda South China Morning Post mahalliy OAVga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Xabar berilishicha, styuardessa samolyot parvozga tayyorgalik ko‘rayotganida eshikni yopishga harakat qilgan vaqtida taxminan uch metr balandlikdan yiqilib tushgan.
Ismini oshkor etmagan aeroport xodimining aytishicha, havo kemasini ko‘zdan kechirayotgan mexaniklar yerda yiqilgan qizni payqab qolishgan.
Bir necha tan jarohatlarini olgan styuardessa shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)