Turkiya Ziraat Bank’i “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat bankining UTBANK’dagi ulushini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Enterprise Architecture Group rahbari Ilker Met ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily.
Metga ko‘ra, Ziraat Bank va “Agrobank” o‘rtasida dastlabki kelishuv imzolangan. Hozirda Ziraat Bank’ning UTBANK’dagi ulushi 50 foizdan iborat. “Agrobank” ham o‘zbek-turk bankida shuncha ulushga ko‘ra.
Kelishuv imzolanganidan so‘ng tomonlar bitimni yakunlashi kutilmoqda. Turk banki O‘zbekistonda 2018-yili Ziraat Bank-Uzbekistan brendi ostida ish boshlashni rejalashtirgan.
Izoh (0)