IShID jangarilari uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida Suriya hukumat armiyasining o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Bu haqda terrorchilar faoliyatini yoritish bilan shug‘ullanuvchi Directorate 4 Telegram-kanali xabar berdi.
Hujum Dayr-az-Zorda yuz berdi. O‘q-dorilar stadion hududida ochiq osmon ostida saqlangan. Terrorchilar dronga bir nechta o‘q joylab, uni uchirib yuborgan. Uchuvchisiz qurilma bomba otish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirgan, natijada yong‘in, so‘ng portlashlar yuz bergan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)