Braziliya futbol terma jamoasi va “Botafogo” klubi darvozaboni Jefferson de Oliveyra Galvau qurolli hujumga uchradi. Hodisa aks etgan Twitter ijtimoiy tarmog‘iga joylangan.
https://twitter.com/brrodrigosilva/status/922622469860659201
Hodisa Rio-de-Janeyroda, futbolchi mashinasini svetofor oldida to‘xtatgan vaqtda yuz bergan. Jinoyatchilar o‘tirgan mashina uning yo‘lini to‘sgan. Hujum qilgan shaxslar to‘pponcha bilan tahdid qilib, Jeffersonni mashinadan tushirgan va tizza cho‘kishga majbur qilgan, shundan so‘ng ular mashinani olib qochgan.
GloboEsporte nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 34-yoshli darvozabon politsiyaga murojaat qilgan va avtomobil shu kunning o‘zida topilgan.
Izoh (0)