Argentinalik ayol hovlida o‘ynayotgan 12 yoshli o‘g‘lining yoniga yashin tushganini videoga oldi, deb xabar berdi Infobae.
Bolaning onasi — Karolina Kotur chaqmoqdan qo‘rqadigan qizini tinchlantirishga harakat qilgan. Shu vaqtda uy xizmatchisi unga o‘g‘li suv trubasi ostida o‘ynayotganini aytgan.
U kamerani yoqib, bolani suratga olishni boshlagan. Shu orada bolaning yoniga yashin kelib urilgan va ayol qo‘rqqanidan telefonini tushirib yuborgan.
“Xudoga shukur, o‘g‘limga hech nima qilmadi”, — deya jurnalistlarga javob berdi Kotur.
Izoh (0)