Vashington musulmon-roxinjalar huquqlari buzilayotgani sababli Myanma rasmiylariga nisbatan sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Davlat departamenti mamlakat rasmiylari, xususan, harbiylarni tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun zudlik bilan choralar ko‘rish, Rakxayn shtatida qochoqlar qaytishi uchun sharoit yaratish, shuningdek, roxinjalar muntazam kamsitilishining tub sabablarini bartaraf etishga chaqirdi.
“Biz AQSh qonunchiligiga muvofiq qo‘llanadigan javobgarlik mexanizmlari, jumladan, Magnitskiy qonuniga asoslangan global sanksiyalarni o‘rganib chiqyapmiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)