Birlashgan Arab Amirliklari Rohinjadagi muhojir musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 million dollar ajratishini ma’lum qildi, deb yozadi UAE Inside.
Bayonot myanmalik qochoqlar muammosiga bag‘ishlangan BMT konferensiyasida davlat vaziri Al Shamsiy tomonidan berildi. O‘z mamlakatida repressiyadan azob chekayotgan odamlar uylarini tark etib, qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tishga majbur bo‘lyapti, u ham emigrantlar maqomini tan olishdan bosh tortmoqda.
Izoh (0)