Nyu-yorklik jarrohlar Aydaxo shtatida yashovchi 22 yoshli Lukas MakKallini operatsiya qilib, yuzidagi shishni olib tashladi, deb yozadi “7mednews.ru”. U o‘zining 25-operatsiyasiga o‘n yil davomida pul to‘plagan.
Limfangioma kasalligi oqibatida yuzida paydo bo‘lgan bezarar, ammo ulkan (u dunyodagi eng katta yuz shishi deb aytilmoqda) shishdan xalos bo‘lish uchun jarrohlarga 100 ming dollar to‘lash kerak edi.
112 ming dollar yig‘gan Lukas 17-oktabr kuni operatsiya qilindi. Onasi aytishicha, u hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Endi u yuzni tortish jarayonlaridan o‘tishi kerak.
Izoh (0)