AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari KXDR tahdidlari bo‘yicha ma’lumot almashish ko‘lamini kengaytirish haqida kelishib oldi. Ularning bayonoti Pentagon saytida joylashtirildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Vazirlar Shimoliy Koreya yadro-raketa tahdidlari to‘g‘risida ma’lumotlar almashish va bunga munosabat bildirishni kengaytirish, jumladan, aviatsiya sohasida bir necha qo‘shma missiyalarni amalga oshirishning muhimligi xususida yakdil fikr bildirdi, — deyiladi bayonotda.
Tomonlar raketa ogohlantiruvi va suvosti kemalariga qarshi harakatlarni davom ettirish to‘g‘risida ham kelishib oldi.
Izoh (0)