Italiyada kafti va yuzidan terining shikastlanish alomatlari bo‘lmagan holda, qon oqayotgan 21 yoshli qiz kasalxonaga yetkazildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bemor bu darddan uch yildan buyon aziyat chekishini va qon nima sababdan ajralib chiqayotganini aniqlay olmayotganini aytdi. Uning aytishicha, xurujlar bir daqiqadan besh daqiqagacha davom etadi va stress bilan chuqurlashadi. Qiz jamoatchilikdan ajralishga majbur bo‘lganini, bu esa depressiyani kuchaytirganini ta’kidladi.
Shifokorlar qiz kamyob gematidroz kasalligiga chalingan degan xulosaga keldi, bunda ter qon bilan aralashib, teri orqali yuzaga chiqadi. Xastalik tomirlar devorining shikastlanishi tufayli kelib chiqadi. Unga qon tomir tizimini mustahkamlovchi va stressni kamaytiruvchi dorilar yozib berishdi, ular kasallik alomatlarini yengillashtirdi, ammo uni to‘liq davolamadi.
Izoh (0)