AQShdagi Fort Stewart harbiy bazasida ayol otishma uyushtirdi. Bu haqda bazaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Fort Stewart harbiy politsiyasi quroldan o‘t ochgan ayolni qo‘lga oldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi”, — deyiladi xabarda.
Jinoiy tergov bo‘limi va harbiy politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. Aholi uchun xavf yo‘qligi bildirilmoqda.
Izoh (0)