Malayziyaning Jorjtaun shahri yaqinidagi qurilish maydonida yuz bergan ko‘chki oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 20 kishining vayronalar ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 21-oktabr, shanba kuni ertalab yuz bergan. Bu vaqtda qurilish maydonida taxminan 20 nafar ishchi bo‘lgan va ular ko‘chki vayronalari ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda omon qolgan ikki kishini topishga muvaffaq bo‘lingan.
Izoh (0)