Xitoyning Guan’an qishlog‘iga yopirilgan ko‘chki tufayli Chunsin shahri hududida kamida 9 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 21-oktabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 10:35 da aholi punktiga yaqin atrofdagi tog‘dan 6 million kub metrdan oshiq tosh uyumi yopirildi.
Rasmiylar hodisa joyiga qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam mashinalarini yubordi. Mahalliy aholi orasida jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)