13-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Boshqirdistonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan minglab Daewoo avtomobillaridan iborat turargoh aniqlandi. Avtomobillarni O‘zbekistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lishgan, biroq bojxonadan ular xatlanganini ma’lum qilishgan.
2. Vladimir viloyatidagi YTH: So‘nggi jasad Toshkentga olib kelindi. Vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketildi.
3. Toshkent shahar IIBB tuhmat qilgan Facebook foydalanuvchilarini javobgarlikka tortishni talab qildi. Avvalroq jamoatchilik vakillari IIBBning tergovchisini pora olganlikda ayblab chiqqan edi.
4. Nazarboyev Ostona O‘zbekistonga neft yetkazib berishga tayyorligini bildirdi. Qozog‘iston prezidenti bu haqda MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi doirasidagi muzokaralar va ularning yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.
5. Futbol jurnalistlarini haqorat qilgan O‘FF xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi. Bundan tashqari, Asqar Tolibjonov va Ahrol Inoyatov ham federatsiyadan ketdi.
Bonusiga — 1995-yilgi “Oltin to‘p” sohibi Afrikadagi davlatga prezident bo‘ldi? Yo‘q, hozircha yo‘q.
Izoh (0)