Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2017-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida kelib tushgan murojaatlar soni 748 tani tashkil etadi. Bu haqda Federatsiyaning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu murojaatlarning 704 tasi ijobiy — iste’molchilar foydasiga hal etilgan. Murojaatlarning 50 foizga yaqini kommunal xizmatlar sohalariga to‘g‘ri kelmoqda. Arizalarining 200 tasi savdo sohasi tegishli.

Qayd etishlaricha, murojaatlarni o‘rganib chiqish natijasida iste’molchilar foydasiga 203 million 460 ming so‘m mablag‘ qaytarib berilgan.

Mazkur summa Qoraqalpog‘iston tumanlari kesimida ko‘rib chiqilsa, 103 million 627 ming so‘m Xo‘jayli tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamiyat faollari iste’molchilardan tushgan 207 ta arizani hal etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda