Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamdagi vayronkor toshqinlar munosabati bilan prezident Chan Day Kuangga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamning shimoliy va markaziy mintaqalarida vayronkor toshqin yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Vyetnam prezidenti Chan Day Kuangga ta’ziya izhor etdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Vyetnamning markaziy va shimoliy qismida o‘tgan haftada kuchli suv toshqinlari boshlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqinlar oqibatida 54 kishi halok bo‘lgan, 39 bedarak yo‘qolgan.

Tabiiy ofat Vyetnamning yettita provinsiyasida kuzatilmoqda. 34 mingga yaqin uylar suv ostiga g‘arq bo‘lgan, 22 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekinlari zararlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi