11-oktabr kuni O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan qizlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, uzluksiz ta’limning mazmun-mohiyatini tushuntirish va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xalqaro qizlar kuni”ga bag‘ishlangan I Respublika qizlar festivali o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festivalda 500 ga yaqin 14—30 yoshli qizlar ishtirok etdi. Unda iqtidorli qizlar tomonidan yaratilgan turli ijod namunalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Festivalda turli tashkilot vakillarining qizlar tarbiyasi, jamiyatda tutgan o‘rni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’ruza-taqdimotlari namoyish etildi. Shuningdek, yosh iqtidor egalarining turli madaniy-badiiy chiqishlari xalqimizning sevimli san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan uyg‘unlashib ketdi.
Festival Respublikaning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)