O‘FF qoshida tashkil etilgan xavfsizlik boshqarmasidagi faoliyati bilan muxlislarga tanish bo‘lgan Ahrol Inoyatov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Telegram

Ahrol Inoyatov O‘FFning halol o‘yinlar uchun mas’ul ofitseri sifatida ishlab kelayotgandi. Tashkilotning navbatdagi majlisi uning ishdan olinishi bilan yakuniga yetdi.

O‘zbekiston futbolidagi kelishilgan o‘yinlarni aniqlashga mas’ul hisoblangan Ahrol Inoyatov davrida birorta ham kelishilgan o‘yin fosh qilinganicha yo‘q. U kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish qo‘mitasi ekspertlariga ham rahbarlik qilib kelayotgandi. Bunda mamlakat futbolida chindan ham kelishilgan o‘yinlar bo‘lmaganmi yoki Ahrol Inoyatov borlarini aniqlay olmaganmi, ma’lum emas.

Endilikda O‘FF xavfsizlik boshqarmasining halol o‘yinlar uchun ofitserligi lavozimiga nomzodlarni ko‘rib chiqayotgani aytilgan.