Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida oliy darajada o‘tgan muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev muzokaralar o‘zaro anglashuv va samimiyat ruhida o‘tgani, tomonlar barcha strategik masalalar bo‘yicha hamfikr ekanini alohida ta’kidladi.
Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik jadal rivojlanayotgani, chegaradan o‘tkazish punktlari ochilib, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kengaygani bunda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.
“Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Izoh (0)