Foto: Mirziyoyev va Atamboyev Mustaqillik maydoni hamda “O‘zekspomarkaz”da
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 5-oktabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Shu kuni Atamboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydonida bo‘lib, Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi. So‘ng ikki davlat rahbarlari “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining Mustaqillik maydoni va “O‘zekspomarkaz”dagi suratlari Almazbek Atamboyev ma’muriyati matbuot xizmati tomonidane’lon qilindi.
Izoh (0)