Stokgolmda Nobel mukofotining tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha laureatlari e’lon qilindi. Mukofot “sirkad ritmlarini nazorat qiluvchi molekulyar mexanizmni kashf etganligi” uchun amerikalik olimlar Jeffri Xoll, Maykl Rosbash va Maykl Yangga topshirildi, deb xabar berdi Meduza.
Sirkad ritmlar — kun va tunning almashishiga bog‘liq ravishda turli biologik jarayonlar jadalligining davriy tebranishi. Sirkad ritmlarni nazorat qiluvchi mexanizm “biologik soat” nomi bilan mashhur.
Olimlar normal kunlik biologik ritmni nazorat qiluvchi drozofil genini va konsentratsiyasi kunning vaqtiga qarab o‘zgarib turadigan oqsilni ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Nobel qo‘mitasining press-relizida aytilishicha, ular “bizning biologik soatlarimiz ichiga kirib, uning ichki ishini aniqlab bera oldi”.
Ma’lumot uchun, “Nobel haftaligi”ni tibbiyot va biologiya yo‘nalishlari ochib beradi. 3-oktabr, seshanba kuni fizika bo‘yicha, undan keyingi kun kimyo, 5-oktabr adabiyot bo‘yicha, 6-oktabr tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovdindorlarining ismlari e’lon qilinadi.
Izoh (0)