Nyu-York shtatidagi Bonhams savdo uyi tomonidan o‘tkazilgan auksionda Xristofor Kolumbning xati rekord summaga ya’ni 751 ming dollarga sotildi. Bu haqda savdo uyi ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“26-sentabrda biz sarguzasht va kashfiyotlarga bag‘ishlangan qadimiy kitoblar va qo‘lyozmalar auksionini o‘tkazdik. Unda 1,3 million dollarlik nodir narsalar sotildi. Xristofor Kolumbning Amerikani kashf etgani haqidagi xati 751,5 ming dollarga sotilishi esa rekord natija bo‘ldi.”—deyiladi xabarda.
Oltita rasmdan iborat maktub ispan tilidan lotin tiliga tarjima qilingan bo‘lib, g‘aznachi Aragon Gabriel Sanchesga yozilgan.
Izoh (0)